Abdulla Abduqodirov: “davlat boshqaruvida eng muhim mezon – shaffoflik”
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar markazida inson qadrini ulug‘lash, aholi va tadbirkorlar uchun munosib sharoit yaratish turibdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ta’kidlaganidek, so‘nggi 10 yilda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” degan olijanob falsafa davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
– Davlat boshqaruvi va sifatli boshqaruvni baholash tizimi 2019-yildan beri Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida amalga oshirib kelinmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Abdulla Abduqodirov. – Bu baholash jarayoni bir nechta bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda vazirlik va idoralardan ma’lum bir anketalarni to‘ldirib berish so‘raladi. Undan keyingi bosqichda har bitta vazirlik va idoralarga borib, u yerdagi xodimlar bilan suhbat qilinadi. Eng birinchi mezon – boshqaruv shaffofligi. Shu bois qaror qabul qilishning mezonlari sifati va raqamlashtirish mezonlariga juda katta e’tibor berildi.
Uchinchi yo‘nalish, bu – turli boshqaruv tabaqalarida boshqaruv sifati sanaladi. Masalan, vazir bergan topshiriqni uning muovini qanday bajarmoqda, muovin bergan topshiriqni departament boshliqlari, mutaxassislar va hokazo. Shu tariqa boshqaruvdagi har bitta tabaqa qamrab olingan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lGZHk6-ph9A?si=G3mw6S5_mBmbM6ru" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqubjon MELIBOEV (video),
O‘zA