Urganchda suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi
Xorazm viloyati Urganch shahridagi Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida "Yu-13" kichik o‘smirlar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqada mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh sportchilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyon etmoqdalar.

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston suzish federatsiyasi va viloyat mutasaddilari, faxriy sportchilar so‘zga chiqib, chempionat ishtirokchilariga omad tiladi.

Mamlakat chempionati bellashuvlari shu yilning 11-oktabriga qadar davom etadi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA