Suzish bo‘yicha Jahon kubogi: Ilya Sibirsev O‘zbekiston rekordini yangiladi
Toshkentdagi Olimpiya shaharchasining Suv sporti saroyida suzish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi davom etmoqda.
Quvonarlisi, Jahon kubogining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ilya Sibirsev bronza medalini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz 800 metrga erkin usulda suzish bahslarida 7:40.77 natija ko‘rsatib, O‘zbekiston rekordini yangiladi va musobaqa shohsupasining uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Mazkur masofada belgiyalik Lukas Henvo 7:37.83 natija bilan oltin, amerikalik Karson Foster esa 7:40.38 natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA