“Prezident Olimpiadasi”ga tayyorgarlik masalasi ko‘rib chiqildi
Sport vazirligida “Prezident Olimpiadasi” respublika final bosqichi musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Muhokamalar jarayonida musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari, bellashuvlar o‘tkaziladigan inshootlarning tayyorgarlik holati, ishtirokchilar va mehmonlarni joylashtirish hamda musobaqalarni samarali tashkil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Taqdimot davomida sport turlari bo‘yicha final musobaqalarini sifatli, shaffof va yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, musobaqalarni o‘tkazish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda mas’ul tashkilotlarning vazifalari tahlil qilinib, tayyorgarlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA