Toshkentda 5 ta terma jamoa “IHF Nations Trophy” turnirida kuch sinashadi
Ertaga 13-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Olimpiya shaharchasi” o‘yin sport turlari majmuasida gandbol bo‘yicha “IHF Nations Trophy” xalqaro musobaqasi boshlanadi.
Bugun, 12-oktabr kuni mazkur turnirda ishtirok etadigan jamoalar uchun qur’a tashlash marosimi hamda texnik qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tashlangan qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Pokiston va Tojikiston terma jamoalari qatnashayotgan jamoalarning o‘yin kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston gandbol terma jamoasi ilk o‘yinnni 13-oktabr kuni Tojikiston jamoasiga qarshi o‘tkazsa, 14-oktabrda hamyurtlarimiz Pokiston, 16 oktyab sanasida Qirg‘iziston, 17-oktabr kuni Turkmaniston vakillari bilan to‘qnash keladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA