O‘zbekistonda shifokorlar soni oshdi
Har 10 ming aholiga 29,4 nafar shifokor to‘g‘ri kelmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2026-yil 1-yanvar holatiga mamlakatda jami 112 420 nafar shifokor faoliyat yuritgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 4 923 nafarga yoki 4,6 foizga ko‘payganini ko‘rsatadi.
Taqsimotga ko‘ra, shifokorlarning salmoqli qismi erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
Erkaklar: 60 282 nafar – 53,6 foiz
Ayollar: 52 138 nafar – 46,4 foiz
Shuningdek, mamlakatda tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanganlik darajasi ham hisoblab chiqilgan bo‘lib, unga ko‘ra har 10 ming aholiga 29,4 nafar shifokor to‘g‘ri kelgan.
M.Qosimova, O‘zA