Farg‘onada bitiruvchilar uchun ish imkoniyatlari taqdim etildi
Farg‘ona davlat universitetida 2026/2027 o‘quv yili bitiruvchilarining mehnat bozoriga moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish hamda universitet va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida «Workshop» tashkil etildi.
Unda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sh. Shuhratov, Karera va bandlik markazi boshlig‘i U. Obidjanov, Chet tillari fakulteti dekani D. Qambarova, «O‘zmilliybank» Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i T. Qurbanov, «Kelajakka qadam» markazi kuratori A. Ilhomov, shuningdek, «Wegweiser» nemis tili o‘quv markazi va «Dilrabo Travel» turistik kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga mehnat bozoridagi zamonaviy talablar, ishga joylashish imkoniyatlari, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va karerani rejalashtirish masalalari bo‘yicha ma’lumot berildi.
[gallery-31859]
Shuningdek, bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA