40 dan ortiq davlat ballistik raketa bo‘yicha qo‘shma bayonot e’lon qildi
41 davlatdan iborat guruh barcha yurtlar, ayniqsa yadroviy qurolga ega mamlakatlardan ballistik raketa va parvoz moslamalari uchirilishi haqida kamida 24 soat oldin xabar berishni talab qiluvchi bayonot e’lon qildi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Buyuk Britaniya va yana 36 davlat qit’alararo ballistik raketa, suv osti kemasidan uchiriladigan va tashuvchi shunday qurilma parvozi haqida oldindan xabar berishga chaqiruvchi qo‘shma bayonot qabul qildi.
AQSHning BMTdagi missiyasi veb-saytida chop etilgan mazkur hujjatda shunday deyilgan:
– Tinch okeani mintaqasida yaqinda o‘tkazilgan raketa sinovi aksar davlatlar tomonidan qit’alararo ballistik raketa, suv osti va tashuvchi moslamalardan shunday qurol uchirilishidan xabardor etish va mojaroni bartaraf etish uchun qabul qilingan standart amaliyotga mos kelmaydi.
Shuningdek, yadroviy ballistik raketa sinovini ogohlantirmasdan va tafsilotsiz o‘tkazish xavfli ekani, bunday amaliyot yaqin qo‘shni mamlakatlar tinchligi va xavfsizligiga putur yetkazishi ham eslatib o‘tilgan.
S.Rahimov, O‘zA