Yashil taraqqiyot tamoyillari
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari B.Alixonov va R.Fozilov tomonidan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Yashil taraqqiyot tamoyillari: tahlil va natijalari” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbir doirasida talabalar bilan davra suhbati ham tashkil etilib, unda yashil taraqqiyot tamoyillari, ularning ahamiyati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda ekologik yo‘nalishdagi islohotlarning mazmun-mohiyati, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, bugungi ekologik siyosat va qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
M.Komilova,
O‘zA