Iqtidorli gimnastikachilar bahsi
Badiiy gimnastika bo‘yicha Toshkent shahar kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi filiali va Gimnastika federatsiyasi hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 200 nafardan ziyod sportchi qiz ishtirok etdi.
Badiiy gimnastika bo‘yicha Toshkent shahar kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi filiali va Gimnastika federatsiyasi hududiy bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 200 nafardan ziyod sportchi qiz ishtirok etdi.Sport ustalari o‘rtasidagi bahslarda Mumtoza Muhammedova oltin, Ma’mura Tangriyeva kumush va Yulduz Nuriddinova bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, sport ustaligiga nomzodlar o‘rtasida esa Saida Davidova va Tatyana Kim bajargan mashqlar hakamlar tomonidan bir xil baholanib, har ikki gimnastikachi birinchi o‘ringa loyiq topildi. Kuchli uchlikdan, shuningdek, Alena Grubova va Amaliya Ishoqova joy oldi.
2002-yilda tug‘ilgan qizlar bahsida Ayde Gasanova birinchi, Sofiya Qosimova va Diyora Burxonxo‘jayeva ikkinchi, Evelina Salimova va Aziza Saidmahmudova uchinchi o‘rinni egalladi. 2003-yilda tug‘ilgan gimnastikachilar musobaqasida Lola Zokirova oltin, Sonajon Sotinboyeva kumush, Anastasiya Tixonova bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2004-yilda tug‘ilgan qizlar bahsida Alina Abdulla, Liza Vaщenko va Selina Valiyeva shohsupaga ko‘tarildi.
2005, 2006, 2007 va 2008-yilarda tug‘ilgan gimnastikachilar o‘rtasida Lolita Volkova, Rukiya Zufarova, Nadiya Mironova, Sevinch Nuraliyeva, Afruza Yo‘ldosheva, Sveta Kim, Diyora Ustamuhamedova, Veronika Zaborskaya, Oysha Bobomatova, Adelina Omarova, Anna Yakovleva va Sabina Sobirova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.