Yozyovondagi tabarruk qadamjolardan fotoreportaj
Muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish insonni insof-diyonatli bo‘lishga, ezgu amallar bajarishga, o‘zidan faqat yaxshilik qoldirishga undaydi. Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi Soyyoni mahallasida joylashgan ziyoratgohlar ham ana shunday ma’naviy maskanlardan hisoblanadi.
Bu hududdagi “Xalfa buva”, “G‘oyib ota” ziyoratgohlari hamda davlat muhofazasiga olingan “Rajab buva maqbarasi” arxitektura yodgorligi mahalliy aholi va ziyoratchilar bilan doim gavjum.
Shuningdek, “Xalfa buva” ziyoratgohi yonida muzey ham tashkil etilgan bo‘lib, u yerda ushbu maskanning tarixi va ma’naviy ahamiyatiga oid ma’lumotlar jamlangan. Bugungi kunda bu tabarruk joylarga ziyorat qilish uchun keluvchilar soni tobora ortib bormoqda.
[gallery-28624]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA