Yoshlar bilan muloqot
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Yoshlar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev talaba-yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yo‘l harakatini tashkil etishda xorijiy tajriba va uni poytaxtda joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Xususan, hokim o‘rinbosari yo‘l harakatini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan master-reja, tirbandlik va YTHlarning oldini olish, mobil xizmatlarni rivojlantirish, sun’iy intellektni joriy etish yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Jamoat transportida shaffof to‘lov tizimi, yo‘lovchilarning to‘lov intizomini oshirish, elektron to‘lov tizimlarining samaradorligi kabi savollarga javob berildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv yoshlarning taklif va tashabbuslariga boy bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA