Yevropa Ligasi saralashining pley-off bosqichi juftliklari aniqlandi
Juftliklarning dastlabki uchrashuvlari 20-avgust, javob bahslari esa 27-avgust kuni o‘tkaziladi.
14-avgust, juma kuni Yevropa Ligasi 2026/27-yilgi mavsumi 3-saralash bosqichining javob uchrashuvlari yakunlandi. Natijada pley-off bosqichidagi barcha juftliklar ma’lum bo‘ldi.
Yevropa Ligasi saralash pley-off bosqichi juftliklari:
«Qayrat» (Qozog‘iston) — «Anderlext» (Belgiya);
«Yagelloniya» (Polsha) — «Iberiya 1999» (Gruziya);
«Lex» (Polsha) — «Tun» (Shveysariya);
«Myolbyu» (Shvetsiya) — «Red Bull Zalsburg» (Avstriya);
«Beshiktosh» (Turkiya) — «Kauno Jalgiris» (Litva);
«Universitatya» (Ruminiya) — «Ararat-Armaniya» (Armaniston);
«Egnatiya» (Albaniya) — «Lillestrem» (Norvegiya);
«Trabzonspor» (Turkiya) — «Ferensvarosh» (Vengriya);
OFI (Gretsiya) — CSKA (Bolgariya);
«Sent-Truyden» (Belgiya) — «Omoniya» (Kipr);
«Srvena Zvezda» (Serbiya) — «Viktoriya Plzen» (Chexiya);
«Benfika» (Portugaliya) — «Orxus» (Daniya).
Juftliklarning dastlabki uchrashuvlari 20-avgust, javob bahslari esa 27-avgust kuni o‘tkaziladi.
Pley-off bosqichida g‘olib chiqqan jamoalar Yevropa Ligasi asosiy bosqichiga yo‘l oladi.