Xokkeychilarimiz Qozonda Qozog‘iston va Qirg‘iziston jamoalarini mag‘lub etdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida 3x3 shaklida o‘tkazilayotgan Islom davlatlarining IV xalqaro xokkey turniridagi ishtirokini O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi.
Qozon shahridagi “Tatneft Arena” majmuasida o‘tayotgan turnirning ilk o‘yinida xokkeychilarimiz Qozog‘iston jamoasini 9:5 hisobida mag‘lub etdi.
Yuqori darajadagi tayyorgarlik, jamoaviy ruh va g‘alabaga bo‘lgan irodasini namoyish etgan O‘zbekiston jamoasi ikkinchi bahsda Qirg‘iziston terma jamoasi bilan ro‘baro‘ keldi.
Yuqori tezlik, har bir shayba uchun kurashish ruhida kechgan mashaqqatli o‘yinda hamyurtlarimiz Qirg‘iziston jamoasini 4-3 hisobida mag‘lub etdi.
IV xalqaro xokkey turniri 24-iyunga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA