Xakerlar FQB bazasidan minglab xodim ma’lumotini o‘g‘irladi
“Shiny Hunters” nomi bilan tanilgan xakerlar guruhi tomonidan Federal qidiruv byurosi (FQB) ma’lumot bazasi buzilib, minglab xodim ma’lumoti o‘g‘irlangani da’vo qilindi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar tarqatdi.
FQB voqeaga hozircha izoh bermagan.
“Shiny Hunters” – “Qora shlyapa” deya tasniflangan taniqli xalqaro kiber jinoyat guruhi keng ko‘lamli ma’lumot to‘plamini o‘g‘irlash, korporativ havoyi bazani buzish va keyinchalik tovlamachilik qilishga ixtisoslashgan. Guruhning biror mamlakat bilan aloqasi aniqlanmagan.
S.Rahimov, O‘zA