Vinisius Junior: Bizning yagona maqsadimiz - jahon chempioni bo‘lish
Eng asosiysi Braziliya terma jamoasining qaysi o‘rinda turishi.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Vinisius Junior terma jamoasining jahon chempionatidagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Bizning yagona maqsadimiz - jahon chempionatida g‘alaba qozonish. Qolgan narsalarning umuman ahamiyati yo‘q. Sakkiz o‘yinda g‘alaba va men mamlakatimiz va jamoamiz muvaffaqiyatiga o‘z hissamni qo‘shishim mumkin. Men uchun gollar yoki golli uzatmalar emas, sifatli o‘yin va jamoadoshlarimga ishonch berish muhim. Eng asosiysi Braziliya terma jamoasining qaysi o‘rinda turishi", - dedi Vinisius.
Braziliya terma jamoasi jahon chempionatidagi yurishini bugun tunda Marokashga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.