Uy sotib olishda endi endi nimalar o‘zgaradi? (+video)
Riyeltorlar uchun oson pul topish davri tugaydimi? Ko‘chmas mulk bozorida yangi qoidalar joriy etilib, vositachilar faoliyati shaffoflashtirilmoqda. Bu mijozlarni qalbaki vositachilardan asray oladimi?
Riyeltorlik tashkilotlari va ko‘chmas mulk bo‘yicha agentlar haqidagi ma’lumotlar esa Yagona reyestrda ochiqlanadi.
Demak, uy qidirayotgan odam uchun riyeltorning kimligi va uning rasmiy maqomi haqida ma’lumot olish imkoni paydo bo‘ladi.
Qonun riyeltorlardan halollik, xolislik, maxfiylik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni ham talab qiladi.
Mijozga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni uning yozma roziligisiz oshkor qilish yoki boshqalarga berishga ham cheklov qo‘yiladi.
Soxta e’lonlar va ishonchsiz vositachilarga qarshi himoya kuchayadi.
Riyeltorlarning ishlash tartibi va daromadiga bu talablar qanday ta’sir qiladi?
Riyeltorlar uchun oson pul topish davri tugaydimi?
Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA