Urush kasofati: Qatarning suyultirilgan tabiiy gaz eksporti 96 foiz kamaydi
Hurmuz bo‘g‘ozi yopilgach, Qatardan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) eksporti 96 foiz kamaydi. “Reuters” xabar berishicha, hisobot davrida mamlakat atigi 18-marta shunday yuk jo‘natgan. Holbuki, o‘tgan yil shu davrda ayni raqam 509 edi.
Eksport susayishi tufayli ushbu arab davlatining gazdan ko‘rgan daromadi taxminan 24 milliard dollar kamaygani taxmin qilinmoqda. Jahon bozorida yo‘qotilgan miqdorning bir qismi esa Qo‘shma Shtatlardan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish ko‘payishi bilan qoplanmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Yevropa gaz bozori qo‘shimcha xavfga duch kelgan. Mintaqada yer osti omborlaridagi gaz zaxirasi yilning shu davrida rekord darajada past. Bu esa qish mavsumi oldidan narx keskin ko‘tarilishi mumkinligi haqidagi xavotirni kuchaytirmoqda.
S.Rahimov, O‘zA