Tehron Hurmuz bo‘yicha AQSHga shartini Pokiston orqali yetkazdi
Eron Vashingtonga Hurmuz bo‘g‘ozi bilan bog‘liq talabini Pokiston armiyasi rahbari Osim Munir vositachiligida yubordi. “Tasnim” agentligi xabar berishicha, general tashrifidan maqsad tahdid qilish emas, balki Tehron yondashuvini yetkazish va ehtimoliy muzokaraga yo‘l ochish.
Eron tomoni Islomobod memorandumi shartiga, ayniqsa Hurmuz bo‘g‘oziga oid 5-bandga qaytish va shartni amalga oshirish talabini qo‘ygan. Ya’ni, Tehron suv yo‘li orqali tijoriy kemalar xavfsiz o‘tishini ta’minlashi hamda bo‘g‘ozni kelgusida boshqarish va dengiz xizmati ko‘rsatish masalasida O‘mon bilan maslahatlashishi lozim.
Osim Munir Tehronda Prezident Mas’ud Pezeshkiyon va boshqa yuqori martabali mulozimlar bilan uchrashgan.
AQSH va Isroil kuchlarining Eronga qo‘qqis hujumi va Tehronning javob zarbasi bilan hududda keskinlik kuchaygan. Keyinroq ikki tomon o‘rtasida kelishuv imzolanishiga qaramay, Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishmovchilik hal qilinmagan. Jangovar harakat, o‘zaro hujum qayta-qayta takrorlanavergani sababli Pokiston ushbu muzokarada vositachilik qilishga urinmoqda.
Maqola O‘zA va “Anadolu” axborot agentligi hamkorligi doirasida tayyorlandi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA