Unutilgan qahramon - Mahmud Sulton kim bo‘lgan? (+video)
"Tarix haqiqatlari" loyihasining bu galgi sonida Shayboniylar sulolasining yirik vakili, taniqli sarkarda, davlat arbobi, bugungi kun tarixchilari unchalik ko‘p tilga olmaydigan qahramon - Mahmud Sulton haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Mahmud Sulton (Mahmud Bahodir sulton) — o‘zbek Shayboniylar sulolasining yirik vakili Abulxayrxonning nevarasi, Shoh Budog‘ sultonning o‘g‘li va Shayboniyxonning ukasi hisoblanadi. U XVI asr boshlarida Movarounnahr, jumladan, Buxoro va Toxariston hukmdori bo‘lgan. U tarixda Amir Temur avlodlariga qarshi kurashgan mard va jasur siymo sifatida nom qoldirgan.
U tarixiy manbalarda, jumladan, Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarida iste’dodli qo‘mondon sifatida tilga olinadi. U binokor va Sulton Ali Mirzolarga qarshi muvaffaqiyatli harbiy yurishlar qilgan.
Batafsil: <iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/wVWaWK31a7M" title="Unutilgan qahramon - Mahmud Sulton kim bo‘lgan?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA