UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Parij sudiga Janni Infantino va FIFAning sobiq xodimlariga qarshi jinoiy va fuqarolik da’volarini yubordi
2015-yil dekabr oyida FIFA etika qo‘mitasining hakamlik palatasi Blatter va Platinini sakkiz yilga futboldan chetlatdi.
Fransiya terma jamoasi sobiq futbolchisi va UEFAning sobiq rahbari Mishel Platini Parij sudiga FIFAning bir qator sobiq amaldorlari, jumladan, tashkilotning amaldagi prezidenti Janni Infantinoga nisbatan jinoiy ish ochish to‘g‘risida da’vo yuborgan.
Manbaga ko‘ra, sudga murojaat qilish uchun Platiniga 2015-yilda qo‘yilgan korrupsiya ayblovlari asos bo‘lgan. Da’vogarning ta’kidlashicha, o‘sha paytdagi voqealar unga 2016-yildagi FIFA rahbari lavozimiga da’vogarlik qilishiga imkon bermagan.
Qayd etilishicha, Fransiyada ilgari FIFA yuridik direktori lavozimida ishlagan Marko villiger va auditorlik qo‘mitasining sobiq raisi Domeniko Skalaga nisbatan jinoiy tergov boshlangan. Fuqarolik ishi doirasida Platini FIFAdan yetkazilgan zararni to‘liq qoplashni talab qilmoqda.
2015-yil dekabr oyida FIFA etika qo‘mitasining hakamlik palatasi Blatter va Platinini sakkiz yilga futboldan chetlatdi. Keyinchalik Blatterning diskvalifikatsiya muddati olti yilga, Platini esa to‘rt yilga qisqartirildi.