Transport vaziri deputatlar oldida axborot beradi
Yurtimizda temir yo‘l transporti sohasini jadal rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, logistika tizimini takomillashtirish, yuk va yo‘lovchi tashish xizmatlari samaradorligini oshirish, shuningdek, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini ishonchli, uzluksiz va sifatli transport xizmatlari bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, Qonunchilik palatasi deputatlarining joylarga chiqib o‘rganishlari jarayonida temir yo‘l transportida yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari darajasini oshirish, vagonlar sonini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, vokzallar infratuzilmasini rivojlantirish, servis va raqamli xizmatlar bilan bog‘liq ayrim masalalar kuzatilmoqda.
[gallery-28471]
Qonunchilik palatasi majlisida shundan kelib chiqib, transport vaziri I.Mahkamovning “Temir yo‘l transporti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi axborotini eshitish haqidagi masala ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilindi.
Muhtarama Komilova,
O‘zA