Toşkentda noqonuniy taşkil etilgan Call-markaz markazlari faoliyatiga çek qöyildi
“Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida poytaxtimizdagi xorijiy fuqarolar tomonidan noqonuniy taşkil etilgan ikkita Call-markaz faoliyatiga çek qöyildi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Toşkent şahar IIBB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Osiyo-Tinç okeani mintaqasi davlatlari fuqarolari tomonidan taşkil etilgan mazkur markazlarda jami 122 nafar çet ellik aniqlandi.
Tadbir davomida ulardan 18,5 ming AQŞ dollari va 116,5 million söm naqd pul, şuningdek, 67 ta noutbuk, 569 ta uyali aloqa vositasi, 6 ta Wi-Fi qurilmasi, 3 ta sunʼiy yöldoş aloqa qurilmasi, 5 ta kompyuter, 3 ta planşet hamda xorijiy davlatlar mobil operatorlariga tegişli 1000 dan ortiq SIM-karta aşyoviy dalil sifatida olindi.
Aniqlanişiça, mazkur şaxslar Yevropa va Şarqiy Osiyo mamlakatlarida ommalaşgan onlayn-platformalar orqali firibgarlik sxemalarini amalga oşirib kelgan. Xususan, ular turli virusli havolalarni yuboriş orqali xorijiy davlatlar fuqarolarining pul mablağlarini özlaştiriş bilan şuğullangan.
Şuningdek, tekşiruvlar davomida uşbu guruh tomonidan jami 64 895 USDT miqdoridagi kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasi amalga oşirilgani ham maʼlum böldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hamroz Bayonov, ÖzA