Prekursorlarning noqonuniy muomalasi uçun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
Aholi salomatligini muhofaza qiliş va millat genofondini asraş davlat siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda prekursorlarning muomalasiga çek qöyiş va uyuşgan narkojinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Biroq, yaşirin narkolaboratoriyalarda sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlaşda prekursorlardan foydalaniş holatlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasi bilan boğliq huquqbuzarliklar soni ortib borayotgani mazkur sohada huquqiy mexanizmlarni yanada takomillaştirişni talab etmoqda.

Bu fikrlar Senatning yigirma birinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va Özbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga prekursorlarning muomalasiga oid qoidalarni buzganlik uçun javobgarlik belgilaşga qaratilgan qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun muhokamasi jarayonida qayd etildi.
– Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga prekursorlarning muomalasiga oid qoidalarni buzganlik uçun maʼmuriy javobgarlikni belgilovçi yangi norma kiritilmoqda, – dedi Senat aʼzosi Zumrad Bekatva. – Mazkur huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin takroran sodir etilganda Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlik belgilanişi nazarda tutilmoqda.

Jinoyat-protsessual hamda Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga uşbu toifadagi işlarning tegişliligi va ularni körib çiqiş vakolatlarini aniq belgilaşga qaratilgan özgartirişlar kiritilmoqda.

Senatorlar maʼqullagan qonun prekursorlarning noqonuniy muomalasining oldini oliş, sintetik giyohvandlik vositalari işlab çiqarilişiga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiradi. Ayniqsa yoşlarning soğliğini muhofaza qiliş hamda mamlakatda narkotik vositalar va ular prekursorlarining qonunga xilof aylanmasiga qarşi kuraşişning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
F.Abdurasulov (surat), ÖzA