"Telegram narkodo‘koni" ortidagi jinoiy to‘da fosh etildi (+video)
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida 2023-yildan buyon giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasi bilan shug‘ullanib kelgan Murriddinov Jaloliddin qo‘lga olindi.
U oilasi bilan yashayotgan ijaradagi xonadonni narko-omborga aylantirib, 200 kg.dan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
Shu bilan bigalikda, "telegram narkodo‘koni"da yiliga 800 kg.gacha kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini aholi orasida tarqatib kelgan va yashirin narkolaboratoriyalarni prekursorlar bilan ta’minlab turgan.
Bundan tashqari, u bir guruh shaxslardan iborat jinoiy to‘daga boshchilik qilib, narkojinoiy guruh tuzishga muvaffaq bo‘lgan...
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UdrPed3kH04" title=""Telegram narkodo`koni" ortidagi jinoiy to`da fosh etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, O‘zA