Surxondaryoda “Yashil chiroq” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
O‘quvchilarning yo‘l harakati qoidalariga oid bilimi, chaqqonligi va jamoaviy hamkorligini sinovdan o‘tkazuvchi “Yashil chiroq” musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Termiz shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan musobaqada tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 15 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.
Jamoalar 8 ta shart asosida yo‘l harakati xavfsizligiga oid bilim va ko‘nikmalari, jamoaviy hamjihatligi hamda ijodiy va amaliy salohiyatini namoyon etdi. Ishtirokchilar har bir shartni yuqori saviyada bajarishga intildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sherobod tumanining “Yosh targ‘ibotchi” jamoasi eng yuqori ball to‘plab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
[gallery-30260]
Musobaqa yakunida g‘olib jamoa hamda faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURRODOV (surat), O‘zA