Sudyalikka yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashida bir qator nomzodlar sudyalik muddati davriga va yangi vakolat muddati davriga tayinlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashida bir qator nomzodlar sudyalik muddati davriga va yangi vakolat muddati davriga tayinlandi.
Shu maqsadda oʻtkazilgan yigʻilish karantin qoidalariga toʻliq rioya qilgan holda oʻtkazilgan. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shoʻbasi maʼlum qildi.
Xususan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunining 63, 631, 632-moddalari va “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi qonunning 7, 17-moddalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 2020-yil 21-maydagi qarori bilan quyidagilar:
Akmal Fayzullayevich Jonqobilov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi lavozimiga;
Bahrillo Salimovich Jabborov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyati Jondor tumani sudining raisi lavozimiga;
Mansurbek Komilovich Kurbanov sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Xorazm viloyati iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
Oʻktamjon Zarifbayevich Masharifov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga, besh yil muddatga jinoyat ishlari boʻyicha Xorazm viloyati Shovot tumani sudining raisi lavozimiga;
Hasan Samatovich Akbarov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Baxtiyor Toʻychiyevich Farmonov - sudyalik vakolatining qolgan muddati davriga fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand viloyati sudining sudyasi lavozimiga;
Navroʻz Ergashevich Hamroyev - sudyalik vakolatining qolgan muddati davriga fuqarolik ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani sudining raisi lavozimiga;
Shuhrat Shavkatovich Bakayev - sudyalik vakolatining qolgan muddati davriga jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi.
Shu bilan birga Sudyalar oliy kengashining qarori bilan 107 nafar nomzod sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasiga qabul qilindi.