“Siti”dan irodali gʻalaba
UYEFA Chempionlar ligasining nimchorak finalidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyin dramatizmga boy boʻldi va muxlislar xotirasida ancha vaqtgacha saqlanib qolsa ajabmas.
UYEFA Chempionlar ligasining nimchorak finalidan oʻrin olgan soʻnggi oʻyin dramatizmga boy boʻldi va muxlislar xotirasida ancha vaqtgacha saqlanib qolsa ajabmas. Unda Angliyaning “Manchester Siti” klubi safarda Germaniyaning “Shalke” jamoasi ustidan irodali gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Uchrashuvni mehmonlar koʻtarinki ruhda boshlashdi va 18-daqiqaga kelib Serxio Aguero hisobni ochdi. Biroq, shundan soʻng Gvardiola shogirdlari xotirjamlikka berilishdi va buning uchun munosib jazosini olishdi. Tanaffusga qadar mehmonlar darvozasi tomon ikki marotaba 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi va ikkala vaziyatda ham Bentaleb “shaharliklar” posboni Edersonni dogʻda qoldirishga muvaffaq boʻldi.
Ikkinchi boʻlim yana mehmonlarning hujumlari bilan boshlandi va “Siti” butun jamoa boʻlib oldinga tashlandi. Bu esa maydon egalariga tezkor qarshi hujumlarda raqibni jazolash imkonini berdi. Shunday vaziyatlardan birida raqib hujumchisini qoʻpollik bilan toʻxtatib qolgan “Man. Siti” himoyachisi Nikolas Otamendi hakam tomonidan maydondan chetlatildi.
Garchi son borasida kamchilik boʻlib qolgan boʻlsa-da mehmonlar tushkunlikka tushmadi va buning uchun oʻyin oxirlarida mukofotlanishdi ham. 85-daqiqada Sane hisobni tenglashtirgan boʻlsa, 90-daqiqada Sterling “Siti”ga irodali gʻalabani taqdim etdi.
“Shalke” (Germaniya) – “Manchester Siti” (Angliya) – 2:3
Gollar: Bentaleb (38, pen. 45, pen. - Aguero (18), Sane (85), Sterling (90).