Stol tennisçilar Özbekiston kubogida saralandi
Toşkent şahrida 19 yoşgaça bölgan öğil-qizlar örtasida stol tennisi böyiça mamlakat kubogi ötkazildi. Unda 14 ta hududdan saralab olingan yoş sportçilar şaxsiy, juftlik, aralaş juftlik va jamoaviy yönalişlarda raqobatlaşdi.
Musobaqaning şaxsiy bahslarida öğil bolalar örtasida Buxoro viloyati vakili Xurşid Ahmedov birinçi örinni egalladi. Farğona viloyati sportçisi Şahbozbek Ğulomiddinov kumuş, samarqandlik Ozod Qahhorov hamda toşkentlik Temurbek Nurmonov bronza medaliga sazovor böldi.
Qizlar örtasida Toşkent viloyati vakili Adelina Hasanova çempionlikni qölga kiritdi. Andijon viloyatidan Dilnavoz Amonova ikkinçi, şuningdek, Farğona viloyati vakili Şoiraxon Qodirova hamda andijonlik Tötiyoxon Ozodjonova uçinçi örinni egalladi.
Juftlik bahslarida öğil bolalar örtasida namanganlik Dilmurod Muhammadov va Zohidjon Sadriddinov birinçi örinni band etdi. Qizlar juftligida andijonlik Eleonora Şiriyeva va Odina Arslonova şohsupaning yuqori poğonasidan joy oldi. Aralaş juftlik bahslarida andijonlik Amir Şiriyev va Safuraxon Abdimannopova çempionga aylandi.

Jamoaviy musobaqalarda qizlar örtasida Toşkent viloyati jamoasi birinçi, Jizzax viloyati ikkinçi örinni egalladi. Samarqand viloyati va Toşkent şahri vakillari uçinçi örinda qayd etildi.
Öğil bolalar jamoalari örtasida Qoraqalpoğiston Respublikasi vakillari kubokni qölga kiritdi. Xorazm viloyati jamoasi ikkinçi, Buxoro viloyati va Urganç OPS/TTM vakillari sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Aralaş jamoalar örtasida Farğona OPS/TTM jamoasi birinçi örinni egalladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA