Shohista Nazarova - Osiyo o‘yinlari sovrindori
XX Osiyo o‘yinlarining 28-sentabr kungi bellashuvlari kurashchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Xususan, kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari -78 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan Shohista Nazarova va Pokizaxon Kamoliddinova yarim final bosqichida o‘zaro to‘qnash keldi. Unda Pokizaxon g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. Shohista esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Pokizaxon Kamoliddinova Osiyo o‘yinlari chempionligi uchun hal qiluvchi bahsda Sumin Moga (Janubiy Koreya) qarshi raqobatlashadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 10 ta oltin, 17 ta kumush va 12 ta bronza, jami 39 taga yetdi. Delegatsiyamiz umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA