Seul RF neftiga sanksiya yumshatilganini tasdiqladi
Janubiy Koreya global yonilg‘i inqirozi kuchayib borayotgan bir paytda, muayyan shart asosida AQSH tomonidan joriy qilingan sanksiyani yumshatish sharti bilan Rossiyadan ayrim energiya mahsulotlari importiga ruxsat olganini tasdiqladi. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.
Koreya Respublikasi Savdo, sanoat va resurslar vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, AQSH avvalroq RF xom nefti va neft mahsulotlariga nisbatan cheklov tartibi vaqtincha yumshatilganini e’lon qilgandi. Binobarin, Seul hukumati Vashington bilan “tafsilotni aniqlashtirish” uchun maslahatlashgani ham qo‘shimcha qilingan. Zero, ayni chora bo‘yicha “noaniqlik va xavotir” saqlanib qolmoqda.
Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, har qalay ushbu muzokara Janubiy Koreya rus energiya mahsulotlarini sotib olishi mumkinligini tasdiqlamoqda.
S.Rahimov, O‘zA