Sayyor qabulda ko‘plab muammolar yechim topdi
Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar bilan yuzma-yuz ko‘rishib, mavjud muammolarga imkon qadar yechim topish va berilgan takliflarni ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabulda ishtirok etdi.
– Buxoro shahrida turistik tarjimon bo‘lib ishlayman, – deydi fuqaro Ro‘zbeh Nematilloyev. – Turistlar tomonidan tur paket doirasida boshqa viloyatdagi tarixiy joylarga olib borish taklifi bo‘lyapti. Lekin boshqa viloyat tarixiy joylari haqida ma’lumotlar yetarli emas. Shuning uchun qabulda bir oyda ikki kun sayyor dars sifatida boshqa viloyatlarga borishni tashkil etish bo‘yicha taklifini bildirdim.
– Yotoqxonada turishimni va u yerda yetuk mutaxassislar bilan uchrashuvlarni tashkil qilish hamda tajribali o‘qituvchilar bilan intervyular olishni yo‘lga qo‘yish taklifini berdim, – deydi talaba Sevara Muhiddinova. – Taklifim ma’qullanib, tez kunda biz talabalar uchun yetarli sharoitlar yaratib beriladigan bo‘ldi.
– Fakultetda kutubxona mavjudligi, ikki mingdan ortiq kitoblar bilan ta’minlanganligi, lekin kutubxonaning elektron bazasidan foydalanish imkoniyatini fakultetda yaratib berilishini so‘rab murojaat qildim, – deydi talaba Maftuna Umarova.
[gallery-22555]
Sayyor qabulda barcha berilgan murojaatlar joyida o‘z yechimini topdi. Mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar, murojaat qiluvchilarga esa zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.