Saudiya Arabistoni terma jamoasi yetakchilaridan biri Saud Abdulhamid pasportini yoqotib qo‘ygani uchun jamoa yig‘iniga qo‘shila olmayapti
SAFF yuzaga kelgan vaziyatda Saud Abdulhamidni to‘liq qo‘llab quvvatlaydi va uning terma jamoaga lageriga xavfsiz yetib kelishini kutadi.
Saudiya Arabistoni va Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Saud Abdulhamid pasporti bilan bog‘liq muammo sabab jahon chempionati oldidan so‘nggi yig‘inga qo‘shila olmadi.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi joriy yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Saud Abdulhamidning terma jamoa yig‘iniga kelishi kechiktirilgani haqida rasmiy ma’lumot bermoqda. Futbolchi bugun rejalashtirilganidek Ar-riyodga uchib kela olmadi. Chunki u oilasi bilan nikoh marosimi bo‘lgan, Amsterdamda esa uning mashinasiga buzib kirilgan. Hodisa oqibatida uning shaxsiy buyumlari, jumladan, pasporti ham yo‘qolgan.
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi tergov jarayonini nazorat qilish uchun sport vazirligi bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtirmoqda. Shuningdek, saudiyaliklar Niderlandiyadagi elchixona bilan futbolchining jamoaga qo‘shilishiga imkon beradigan zarur hujjatlarni berish ustida ish olib bormoqda. "SAFF yuzaga kelgan vaziyatda Saud Abdulhamidni to‘liq qo‘llab quvvatlaydi va uning terma jamoaga lageriga xavfsiz yetib kelishini kutadi", - deyilgan Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasining X ijtimoiy tarmog‘ida.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Ispaniya, Urugvay va Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.