Sandro Tonali: "O‘yindan keyingi bir necha kun men uchun og‘ir bo‘ldi"
Buni qabul qilish anchagina og‘ir bo‘ldi.
Italiya terma jamoasi va Angliyaning "Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Sandro Tonali terma jamoasining jahon chempionatidan quruq qolgani haqida gapirdi.
"Bu mening professional faoliyatimdagi eng yomon lahzalardan biri bo‘ldi. Biz juda qattiq xafa bo‘ldik, chunki Italiya ketma-ket uchinchi marta mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Buni qabul qilish anchagina og‘ir bo‘ldi. Bosniyaga qarshi bahsdan so‘ng bir necha kun o‘zimga kela olmadim. Hattoki uydan ko‘chaga ham chiqmadim. Bu juda qiyin damlar bo‘ldi", - dedi Tonali.
Eslatib o‘tamiz, Italiya jahon chempionati saralash bosqichining so‘nggi o‘yinida Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, mundial yo‘llanmasidan mahrum bo‘lgan edi.