Ronaldo: “Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga loyiq”
Ronaldo argentinalik futbolchining yutug‘i uning buyukligini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidladi.
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ronaldo Nazario Lionel Messining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylangani haqida fikr bildirdi.
Ronaldo argentinalik futbolchining yutug‘i uning buyukligini yana bir bor tasdiqlashini ta’kidladi.
“Futbol xudolari uchun bu natija o‘zi hammasini aytib turibdi. U barchani ortda qoldirdi. Agar jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lishga kimdir loyiq bo‘lsa, bu aynan Messi. U 38 yoshda, tasavvur qiling. Men 38 yoshimda futbolni tark etganimga to‘rt yil bo‘lgan va vaznim 120 kilogrammga yetgandi”, — dedi Ronaldo.
Eslatib o‘tamiz, Messi JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Avstriya milliy terma jamoasiga qarshi bahsda dubl qayd etdi va Argentina milliy terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Mazkur gollar orqali Messi jahon chempionatlari tarixidagi gollari sonini 18 taga yetkazib, musobaqa rekordchisiga aylandi.