Ronaldo: Haddan tashqari ko‘p vaziyat yaratildi ammo natija yo‘q
Bizning davrda esa raqobat kuchli edi.
Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ronaldo Nazario "pentakampeonlar"ning Marokashga qarshi o‘yini haqida gapirdi.
"Biz juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, lekin ko‘plab imkoniyatlardan foyda chiqara olmadik. Bizning jamoada ayni vaqtda darvoza oldida haqiqiy qotil hujumchi yo‘q. Ko‘p vaziyatlar bor , ammo goldan darak yo‘q. Men har kuni Igor Tiago o‘rniga Joao Pedroni tanlash kerakligini o‘ylayman. Hujumchining ishi oddiy - bitta vaziyat va uni golga aylantirish. Bizning davrda esa raqobat kuchli edi", - dedi sobiq Oltin to‘p sohibi.
Braziliya terma jamoasi mundialning 2-turida Gaiti bilan kuch sinashadi.