Rasman: Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi
Klopp ushbu lavozimda Yulian Nagelsmannning o‘rnini egalladi.
Germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Romano ma’lumotiga ko‘ra, Klopp bilan tuzilgan shartnoma 2030-yil iyuligacha amal qiladi. Mutaxassisning tayinlangani bugun — 24-iyul kuni rasman e’lon qilinadi.
“ Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzoladi. Bugun rasmiy tasdiq va tanishtiruv marosimi bo‘lib o‘tadi. Hech qanday shubha yo‘q — u 2030-yil iyuligacha ishlaydi”, — deb yozdi Fabrizio Romano.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH–2026ni 1/16 final bosqichida tark etgan edi. Nemislar Paragvayga qarshi bahsda 1:1 hisobidan so‘ng penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Klopp ushbu lavozimda Yulian Nagelsmannning o‘rnini egalladi.