Raqamli transformatsiya: davlat boshqaruvining yangi qiyofasi (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sub’ektlari uchun yaratilgan sharoitlar va imtiyozlar natijasida ish o‘rinlari soni, xizmatlar eksporti ortib bormoqda. Davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish, aloqa infratuzilmasini yaxshilash, IT ta’limini rivojlantirish davr talabiga aylandi. Shu bilan birga sohada xizmatlar hajmi va eksportni oshirish ham muhim vazifalardandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlariga e’tibor qaratilgan. Shunga ko‘ra respublikamizdagi barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari o‘z faoliyatini raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishi belgilab berilgan.
Davlatimiz rahbari 2025 yil 16 dekabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod galereyasi” yirik savdo, xizmat ko‘rsatish va biznes markazida joylashgan Unicon Soft IT kompaniyasi taqdimoti bilan tanishgan edi.
– Kompaniyamiz 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugunga qadar respublika bo‘ylab 70 dan ortiq dasturiy tizimlarni taqdim etgan, – deydi Unicon Soft kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Farrux Saidmurodov. – Jumladan, ijro.gov.uz, uning negizida esa edo.ijro.uz kabi elektron hujjat almashish tizimlari yaratildi. Bugungi kunda kompaniyamizda bir yarim mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi, shundan 80 foizi yoshlardan iborat.
Unicon Soft respublikamizning barcha – 14 ta hududi va 208 ta tuman (shahar)larida axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlash va joriy qilish bo‘yicha filiallari mavjud bo‘lgan yagona IT kompaniyadir.
Endilikda Unicon Soft tomonidan raqamlashtirish yo‘nalishida dasturiy va texnika vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, bojxona faoliyatini raqamlashtirish hamda raqamli mahalla platformasini joriy qilish rejalashtirilgan.
Videosi quyida...
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/XccBydsgC_Q?si=4M3nah0482Qznjti" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
O‘zA