Qatar terma jamoasi jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi
Terma jamoaning asosiy yulduzlari Akrom Afif, Almoaz Ali va Hasan Al-Haydos tarkibdan joy olgan.
Qatar terma jamoasi mundialga olib ketilishi mumkin bo‘lgan 34 nafar futbolchidan iborat bo‘lgan kengaytirilgan tarkibini ma’lum qildi.
Amaldagi Osiyo chempionlari bu safargi jahon chempionatida avvalgisiga qaraganda munosibroq ishtirok etishni maqsad qilgan. Terma jamoaning asosiy yulduzlari Akrom Afif, Almoaz Ali va Hasan Al-Haydos tarkibdan joy olgan. Bundan tashqari, Qatarning afsonaviy yulduzi Sebastian Soriya Kuintana ham tarkibga jalb etilgan.
