PSJ Malo Gyusto transferiga qiziqish bildirmoqda
«Chelsi» 23 yoshli himoyachi uchun 75 million funt sterling (taxminan 87,5 million yevro) talab qilmoqda.
«Chelsi»ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyusto PSJning transfer ro‘yxatidan joy oldi.
Transfer News Live The Sun nashriga tayanib xabar berishicha, Parij klubi fransiyalik futbolchini joriy yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Biroq «Chelsi» 23 yoshli himoyachi uchun 75 million funt sterling (taxminan 87,5 million yevro) talab qilmoqda.
Hozircha PSJ ushbu mablag‘ni to‘lashga tayyormi yoki yo‘q, yakuniy qarorga kelmagan.
Shuningdek, «Manchester Siti» ham Gyusto uchun kurashdan chiqmagan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.
Fransiya terma jamoasi futbolchisining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Gyusto yakunlangan 2026-yilgi jahon chempionatida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan.