2019 yilgi o‘lim holatlarining 60 foizi shu bo‘g‘inda oldini olish mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Onkologiya yo‘nalishidagi bemorlarning yarmida kasallik ikkinchi va uchinchi bosqichga o‘tib bo‘lganidan keyin aniqlanmoqda.

– Endi vazirlik faoliyatiga, uning kadrlar masalasiga hech kim aralashmaydi. Bosh shifokorlar, vrach yoki boshqa tibbiyot xodimlari ularga tegishli bo‘lmagan birorta qo‘shimcha ishlarga jalb qilinmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori zimmasiga 146 turdagi kasallikka diagnoz qo‘yish va davolash, 213 turdagisiga birlamchi diagnoz qo‘yish va yo‘llanma berish, shuningdek, reabilitatsiya, dispanserizatsiya va profilaktika bo‘yicha juda ko‘p vazifalar yuklatilgan.

Shu bois davlatimiz rahbari qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmat tizimi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytdi.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi. Ularga yordam berish uchun terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj bo‘yicha tibbiyot brigadalari tashkil etiladi. Bu brigadalar o‘zlariga biriktirilgan oilalar kesimida “tibbiy xarita”lar shakllantirib, manzilli ish olib boradi. Aholining salomatlik holati baholanib, elektron bazasi yaratiladi. Buning uchun tibbiyot xodimlari planshet, mobil diagnostika vositalari bilan ta’minlanadi.  

5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador, tug‘ish yoshidagi va 35 yoshdan oshgan ayollar, 40 yoshdan oshgan shasxlar doimiy nazoratga olinib, skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi. Kasallikka moyil bo‘lganlar individual patronajga olinadi.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidagi muammolar tahlil qilinmoqda