Polina Kudermetova Charlstonda keyingi davraga yo‘l oldi
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Charlston shahrida WTA 500 tasnifiga kiruvchi ayollar o‘rtasidagi “Credit One Charleston Open” turnirida asosiy to‘r bahslarining ilk bosqichi bellashuvlari davom etmoqda.
Quvonarlisi, mazkur bosqichda tennischimiz Polina Kudermetova ukrainalik Aleksandra Oliynikova bilan raqobatlashdi. Uch set davom etgan ushbu o‘yinda tennischimiz 3:6, 7:6, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, ikkinchi davraga yo‘l olgan Polina Kudermetova turnirning chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda kanadalik Leyla Fernandes bilan to‘qnash keladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA