“Dushanbe Grand Slam – 2026”: Bugun 9 polvonimiz tatamiga chiqadi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi nufuzli musobaqa start oldi. Mazkur turnirda 34 davlatdan jami 240 nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun taqdim etiladigan qimmatli ochkolar uchun kurash olib bormoqda.
Umumiy mukofot jamg‘armasi 154 ming yevroni tashkil etadigan “Dushanbe Grand Slam – 2026” turnirining ilk kunida erkaklar o‘rtasida -60, -66, ayollar o‘rtasida esa -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Kun davomida O‘zbekiston terma jamoasining 9 nafar vakili tatamiga chiqib, medallar hamda reyting ochkolari uchun bahs olib boradi.
Bugun tatamiga chiqadigan sportchilarimizning ilk raqiblari bilan tanishing:
Ayollar:
-48 kg: Ulbusin Hakimova — Maryam Nazarova (Tojikiston)
-48 kg: Halimajon Qurbonova — Syu Sinran (Xitoy)
-52 kg: Muhayyo Ahmatova — Karina Yefimova (Rossiya)
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova — Suhaylo Safarzoda (Tojikiston)
-57 kg: Rayhona Mamatova — Natalya Yelkina (Rossiya)
Erkaklar:
-60 kg: Hasan Boynazarov — Sun Szyaxao (Xitoy)
-60 kg: Muhammadjon Masharipov — Yan Bongambe Motoli (Fransiya)
-66 kg: Aziz Ortiqov — Ravshanbek Asanov (Qirg‘iz Respublikasi)
-66 kg: Dilshodbek Baratov — Nurali Emomali (Tojikiston)
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA