Panama terma jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibini taqdim etdi
Panama terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida Angliya, Xorvatiya va Gana terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Panama terma jamoasi o‘zining X tarmog‘ida jahon chempionati uchun 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy qaydnomasini e’lon qildi.
Mundialga yo‘l oladigan tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar: Orlando Mosquera ("Al-Feyha"), Luis Mexia ("Nasional"), Sezar Samudio ("Marafon").
Himoyachilar: Sezar Blekman ("Slovan"), Xorxe Guterres ("Deportivo La Guaira"), Amir Murilo ("Beshiktosh"), Fidel Eskobar ("Saprissa"), Andres Andrade (LASK), Edgardo Farinya ("Pari Nijniy Novgorod"), Xose Kordoba ("Norvich Siti"), Erik Devis ("Plasa Amador"), Jovani Ramos ("Akademiya Puerto-Kabelo"), Roderik Miller ("Turon").
Yarim himoyachilar: Anibal Godoy ("San-Diyego"), Adalberto Karraskilya ("UNAM Pumas"), Karlos Xarvi ("Minnesota Yunayted"), Kristian Martines ("Xapoel Ironi"), Xose Luis Rodriges ("Xuares"), Sezar Augusto Yanis ("Kobresal"), Yoel Barsenas ("Masatlan"), Alberto Kintero ("Plasa Amador"), Azarias Londono ("Universidad Católica").
Hujumchilar: Ismoil Dias ("Leon"), Sesilio Uoterman ("Universidad de Concepción"), Xose Faxardo ("Universidad Católica"), Tomas Rodriges ("Saprissa").
Panama terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida Angliya, Xorvatiya va Gana terma jamoalari bilan o‘ynaydi.