“O‘zmilliybank”ning “Global MoneyWeek – 2026” tadbiri (+video)
“Global Money Week – 2026”, ya’ni xalqaro pul haftaligi doirasida maktab o‘quvchilari uchun numizmatika bo‘yicha ekskursiya tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, navbatdagi tadbir “O‘zbekiston san’at galereyasi”da o‘tdi. Yosh avlodning moliyaviy savodxonligini oshirish va tarixiy bilimlarini boyitish maqsadida “O‘zmilliybank” AJ tashabbusi bir qator loyihalar ko‘zda tutilgan.
- “O‘zmilliybank” AJ tomonidan nafaqat iqtisodiy sohalarda, balki ijtimoiy yo‘nalishlarga ham katta e’tibor qaratilmoqda, - deydi “O‘zmilliybank” AJ mutaxassisi Mehribon Abdiyeva. –Maktab o‘quvchilari uchun “Global Money Week – 2026” doirasida bizda ekskursiyalar tashkil etilyapti. Yil davomida bank tomonidan aynan maktab o‘quvchilari uchun yana ko‘p tadbirlar, chellenjlar may va iyun oylarida bo‘lib o‘tadi. Bu ularning ta’til paytida moliyaviy savodxonligini oshirish, pul va bank sohasidagi bilimlarini rivojlantirish maqsadida olib borilyapti.
Mazkur tashrif davomida o‘quvchilarga qadimiy tangalar, pul belgilarining tarixiy rivoji hamda ularning iqtisodiy va madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bank ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan ma’ruzalarda pulning kelib chiqishi, uning jamiyatdagi o‘rni va zamonaviy moliyaviy tizimlar haqida tushunchalar berildi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar galereya eksponatlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tadbir interaktiv tarzda tashkil etilib, o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.
Faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday tashabbuslar yoshlar orasida moliyaviy va tarixiy bilimlarni kengaytirish hamda moliyaviy madaniyatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LhdBuwLoBGg" title="“O`zmilliybank”ning “Global MoneyWyeyek – 2026” tadbiri " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA