Ayollar va bolalar huquqlari doimiy himoyada
Xorazm viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ayollar va bolalar huquqlarining himoyasini kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy choralar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Prezident Administratsiyasi tomonidan monitoring o‘tkazildi.
Uchrashuv va tadbirlar davomida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan, voyaga yetmagan qizning fohishaxonada saqlangani bilan bog‘liq holat ham tanqidiy muhokama qilindi.


Bu kabi ayanchli va og‘ir jinoyatlarga nisbatan mutlaqo murosasiz munosabat shakllantirish, aybdorlarning javobgarligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, og‘ir jinoyatlar bo‘yicha adolatni ta’minlash maqsadida sud va prokuratura organlari o‘rtasida har oylik o‘zaro muhokama platformasi yo‘lga qo‘yiladi.


Xorazm viloyatidagi monitoring ishlari davom etmoqda.

Ahmadjon Shokirov, O‘zA muxbiri