O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosi infografikada (+video)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda.
O‘zbekiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 9 yilda, 2016–2025-yillarda 3,2 baravarga oshib, 3,5 mlrd dollarga yetdi. Shu davrda O‘zbekistonning ushbu mintaqaga eksporti 3 baravarga o‘sib, 2 mlrd dollarni, import esa 4,1 baravarga oshib, 1,5 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonning Janubiy Osiyoga eksportida asosiy ulushni oziq-ovqat mahsulotlari 976,4 mln dollar, neft mahsulotlari 368 mln dollar, transport xizmatlari 277,8 mln dollar, shuningdek, sanoat tovarlari 140,5 mln dollar va kimyo mahsulotlari 134,9 mln dollar tashkil etdi.
Janubiy Osiyo mamlakatlaridan import tarkibida kimyo mahsulotlari 477,6 mln dollar, oziq-ovqat mahsulotlari 391,4 mln dollar, mashina va uskunalar 309,1 mln dollar, shuningdek, boshqa tovarlar 99 mln dollar va tayyor mahsulotlar 67 mln dollar asosiy o‘rin egalladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/soIaaKK0DNQ" title="O`zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdosi infografikada" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>