O‘zbekiston Superligasi qaytmoqda!!!
May oyida tanaffusga chiqgan Superliga 12-turdan boshlab davom ettiriladi.
May oyida tanaffusga chiqqan O‘zbekiston Superligasi restartiga ham oz vaqt qoldi.16-iyuldan milliy chempionatimiz bahslari qaytadi. May oyida tanaffusga chiqgan Superliga 12-turdan boshlab davom ettiriladi.
Superliganing ortada qolgan 11 ta tur o‘yinindan keyingi muhim statistikalar bilan tanishing:
Ayni vaqtda Farg‘onaning "Neftchi" klubi ortada qolgan 11 uchrashuvda 28 ochko to‘plagan holda, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Undan 2 ochko kam jamg‘argan "Paxtakor" esa 2-pog‘onani band etib turibjdi. Kuchli uchlikka esa 20 ochko bilan "Buxoro" yakun yasab beradi. 4-o‘rindagi "Navbahor"da ham huddi shuncha ochko mavjud. Muborakning "Mash’al" jamoasi esa hozircha birorta hai ochko qo‘lga kirita olmagan holda antirekordni davom ettirmoqda. Restartdan so‘ng jamoani Sergey Lushyan boshqaradi.

Ortda qolgan bellashuvlardan so‘ng eng ko‘p gol urgan va eng kam gol o‘tkazib yuborgan jamoa ham "yo‘lbarslar" bo‘lib turibdi. Farg‘ona klubi 11ta uchrashuvda 25ta gol urib, atiga 3dona to‘p o‘tkazib yuborgan. Klub posboni Botirali Ergashev esa 8ta uchrashuvda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan holda darvozabonlar orasida yetakchilik qilyapti.
Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasi esa eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa bo‘lib turibdi. "Bo‘rilar" 11 uchrashuvda o‘z darvozalaridan 25ta to‘p o‘tkazib yuborgan. Eng kam golni esa "Mash’al" jamoasi kiritgan bo‘lib, ular atiga 4ta gol urishni uddalagan.
Ayni vaqtda "So‘g‘diyona" klubi hujumchisi Lyupcha Doriyev 7ta gol urgan holda, Superligada to‘purar bo‘lib turibdi. Temurxo‘ja Abduholiqov, Stefan Chinedu va Dostonbek Hamdamovlar hisobida esa 6tadan gol bor. Stipe Peritsa va Sherzod Esanov 5tadan gol urishning uddasidan chiqqan. Jamshid Iskanderov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 4tadan golli uzatmani amalga oshirgan holda eng yaxshi assistentlar bo‘lib turibdi.

12-tur bahslariga 16-iyul kuni start beriladi. Shu kuni birato‘la 3ta stadionda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. "So‘g‘diyona" - "Xorazm", "Bunyodkor" - "Nasaf" va "Neftchi" - "Buxoro" o‘yinlari parallel tarzda 20:00da start oladi.
17-iyul kuniga ham 3ta bellashuv belgilangan. "Paxtakor" - "Lokomotiv", "Mash’al" - "Qo‘qon-1912" va "Navbaxor" - OKMK uchrashuvlari ham 20:00ga belgilangan.
Turning so‘nggi ikkita uchrashuvi esa 18-iyul sanasiga belgilangan. "Andijon" - "Surxon" hamda "Qizilqum" - "Dinamo" jamoalari o‘yinlari ham bir hil 20:00da boshlanishi rejelashtirilgan.
