“O‘zagrosug‘urta” AJ rahbarlari yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan muloqotda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan “O‘zagrosug‘urta” AJda “Yoshlar kuni” hamda “Rahbar va yoshlar” dasturlari doirasida tizimdagi yosh xodimlar bilan bir qatorda hududlardagi yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan uchrashuvlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Shunday uchrashuvlardan biri O‘rtachirchiq tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zagrosug‘urta” AJ rahbarlari va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi.
Uchrashuv davomida yoshlarga hayotda o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlash, zamonaviy kasb-hunarlarni egallash hamda davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan yoshlarning bilim olishi va ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashishga tayyor ekani alohida ta’kidlandi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga esa o‘z biznesini yuritishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olish, zararni minimallashtirish va barqaror natijalarga erishishda sug‘urta himoyasining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlarning fikr va mulohazalari, ular tomonidan bildirilgan takliflarga alohida e’tibor qaratildi. Berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq va asoslantirilgan javoblar qaytarildi.
