“OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniridan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” tasnifidagi nufuzli musobaqa qizg‘in tus oldi.
Bellashuvlarda barcha qit’alardan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin sportchi bahs olib borayotgani turnirning nechog‘li nufuzli ekanligidan dalolat.
Turnirning ikkinchi kuni o‘rta vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etildi.
Bugun erkaklar o‘rtasida -73 kg., -81 kg., ayollarda esa -63 kg., -70 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Musobaqaning birinchi kunida bo‘lgani singari bugun ham O‘zbekiston terma jamoasining 16 nafar dzyudochisi medallar hamda jahon reytingi uchun beriladigan ochkolar uchun tatamiga chiqdi.
[gallery-27919]
“OTP Group Tashkent Grand Slam 2026” turniri ertaga o‘z yakuniga yetadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA